Toshkentda Post-patrul xizmati rahbari o‘z kabinetida o‘ldirib ketildi

© Press-klubDilshod Akramov – nachalnik Upravleniya pravoporadka GUVD g. Tashkent
Dilshod Akramov – nachalnik Upravleniya pravoporadka GUVD g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iyul oyida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Dilshod Akramov o‘z kabinetida pichoqlangan holatda topilgan

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston IIV Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov o‘z xizmat xonasidan o‘lik holatda topilgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish organi xodimi.

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

"Akramov 4-avgust kuni kechki payt soat 21.00 atrofida o‘z kabinetida o‘lik holatda topilgan. Unga o‘tkir tig‘li jism (pichoqligi ta’kidlanmoqda) bilan tan jarohati yetkazilgan. Qotillik alomatlari ayon", - dedi Sputnik muxbiriga hodisadan xabardor IIV vakili.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda ushbu ish bilan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shug‘ullanmoqda.

Shahar prokuraturasi ushbu holat yuzasidan hech qanday izoh bermayapti, savol bilan murojaat qilgan jurnalistlarni Bosh prokuraturaga murojaat qilishni maslahat bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, podpolkovnik Akramov Dilshod Baxtiyorovich iyul oyida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0