TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehronga keldi. U yerda uch tomonlama Rossiya – Turkiya – Eron sammiti bo‘lib o‘tadi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uchrashuvning asosiy mavzusi Suriyadagi vaziyat bo‘ladi.
Bundan tashqari, Putin Turkiya yetakchisi va Eron rahbariyati bilan alohida muzokaralar o‘tkazadi.
Hozirgi vaqtda asosiy maqsad - Suriyaning Idlib provinsiyasidan jangarilarni quvib chiqarish, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin uch tomonlama uchrashuv chog‘ida.
“U yerdagi jangarilar Suriya fuqarolari va mintaqaning barcha aholisi xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda”, - deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.