Federal xavfsizlik xizmati: “Islom davlati” daromadi 10 barobarga kamaydi

© Sputnik / Natalia Seliverstova / Mediabankka o‘tishZdanie Federalnoy slujbi bezopasnosti na Lubanskoy ploshadi v Moskve. 2017 god
Zdanie Federalnoy slujbi bezopasnosti na Lubanskoy ploshadi v Moskve. 2017 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi o‘zida mavjud bo‘lgan pullarni qonuniy biznesga kiritishni boshladi.

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi daromadlari 2014-yildan 10 barobarga kamayib ketdi. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tezkor axborot va xalqaro aloqalar xizmati boshlig‘i Sergey Beseda ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Andrey Serenko - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” maqsadi Tojikistonda “Islom davlati”ning kuchayishiga to‘sqinlik qilish - ekspert

Bundan avval u “Islom davlati” asosiy daromadlari bosib olingan hududlardan olingan  neftni sotish va aholidan undiriladigan soliqlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

2014 yilda “ID” uyushmasi daromadi 3 milliard dollar atrofida bo‘lgan. Biroq FXX hisob kitoblariga qaraganda, oxirgi to‘rt yil ichida ID daromadlari o‘n barobarga kamayib ketdi. Ya’ni yiliga 200-300 million dollargacha.

Shu bilan birga, Sergey Besedaning so‘zlariga ko‘ra, “Islom davlati” uyushmasi o‘zida mavjud bo‘lgan pullarni qonuniy biznesga kiritishni boshladi.

“Kelgusi faoliyatni muntazam ravishda moliyaviylashtirib borish maqsadida pullarni qonuniy biznesga kiritish tendensiyasi kuzatilmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi FXX tuzilma rahbari.

Yangiliklar lentasi
0