Saudiya Arabistoni Kanadadagi elchisini chaqirib oldi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, Qirollik Tashqi ishlar vazirligi Kanada elchisini "xush ko‘rilmagan shaxs", deya e’lon qilgan va unga mamlakatni tark etishi uchun 24 soat vaqt bergan

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Er-Riyod Ottavadagi saudiyalik elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib olmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti Saudiya Arabistoni matbuot agentligiga tayangan holda.

Bundan tashqari, Qirollik Tashqi ishlar vazirligi Kanada elchisini "xush ko‘rilmagan shaxs", deya e’lon qilgan va unga mamlakatni tark etishi uchun 24 soat vaqt bergan.

Stariy gorod v Iyerusalime - Sputnik O‘zbekiston
Trampning Yaqin Sharqdagi yurishi

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Kanada bilan barcha yangi savdo va investitsiyaviy tranzaksiyalarni muzlatish qarorini qabul qilgan.

Qirollik kelgusidagi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish huquqini o‘zi hal qiladi, deyiladi xabarda.

Payshanba kuni Kanada TIV rahbari Xristya Friland Saudiya Arabistonida bloger Raif  Badaviyning opasi huquq himoyachisi Samar Badavi qamoqqa olingani haqidagi xabardan "bag‘oyat tashvish chekayotgani" haqida bayonot qilib, ikkalasini ham ozodlikka chiqarib yuborishga chaqirgan edi.

"Saudiya Arabistoni liberal tarmog‘i" internet-sayti asoschisi Raif Badaviy musulmonlar idorasi vakillari va qirollikning diniy politsiyasi vakillarini tanqid qilgani uchun 2012-yilda hibsga olingan. U shuningdek, islom dinini haqoratlash, kiberjinoyatlar va Saudiya Arabistonida jinoyat hisoblangan - otaga bo‘ysunmaslikda ayblanmoqda. Badaviy o‘n yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Yangiliklar lentasi
0