TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 2018-yil 5-sentabr kuni Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul-Fattah Said Huseyn Halil As-Sisining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston-Misr biznes-forumi va B2B formatida kooperatsion birja tashkil etiladi, deb xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Tadbirlarda ikki davlat ishbilarmonlar va biznes doiralari vakillari ishtirok etadilar. Biznes forum va kooperatsion birja yakunlariga ko‘ra turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa sohalarga oid o‘zaro manfaatli investitsion va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.
Shuningdek, biznes forum doirasida O‘zbekistonda meva-sabzavot va logislika xabini tashkil etish masalalari muhokama etiladi.