TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni Misr prezidenti Husayn as-Sisi bilan uchrashadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov xabariga asosan.
“4 sentabr kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisining Toshkentga kelishi kutilmoqda. Ertasi kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Prezidenti bilan uchrashadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu Misr prezidentining O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ladi. Husayn as-Sisi 3-sentabrda “Xitoy – Afrika” sammitida ishtirok etadi.