Duterte ikki yil oldin Obamani haqorat qilganligi uchun uzr so‘radi

© AFP 2023 / ROSLAN RAHMANPrezident Filippin Rodrigo Duterte
Prezident Filippin Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Duterte giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish borasida olib borayotgan ishlarini tanqid qilganligi uchun sobiq AQSh yetakchisini “kechirishi”ni ham ma’lum qildi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Isroilga tashrifi chog‘ida ikki yil avval AQSh prezidenti lavozimida bo‘lgan Barak Obamani "itvachcha" deb haqorat qilganligi uchun uzr so‘radi. Bu haqda RIA Novosti Philippine Star gazetasiga tayangan holda xabar qildi.       

Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama Kongress a’zolarini Obamacare dasturini bekor qilmaslikka chorlayapti

“Janob Obama, endi siz fuqarolik shaxsiz va bu so‘zlarni aytganim uchun uzr so‘rayman”, - deb ta’kidladi prezident.

Shuningdek, Duterte uning giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish borasida olib borayotgan ishlarini tanqid qilganligi uchun sobiq AQSh yetakchisini “kechirishi”ni ham ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Duerte Obamaning G20 sammiti doirasida Filippindagi jinoyatchilikka qarshi kurash davomida 2 ming kishining o‘ldirilishi mavzusini ko‘tarmoqchiligini eshitgach, AQSh yetakchisini haqoratlagandi.

Filippin prezidenti Obama bilan urushib qolgach, kutilmaganda ortga chekindi va Obama sha’niga aytgan gapi uchun afsusdaligini ma’lum qilgandi.

AQSh hokimiyat tepasiga Donald Tramp kelgandan keyin Filippin prezidenti uni “yaxshi prezident” deb hisoblashini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0