TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari 1960-yillarda yetakchi qudratli sanoat derjavalari sifatida SSSR va Xitoyni ommaviy yoʻq qilish boʻyicha rejalarni tayyorlagan, shu bilan bir qatorda, amerika harbiylari ushbu davlatlarning fuqarolarini ommaviy qirgʻin qilish imkoniyatini koʻrib chiqqanlar.
Bu haqda "Milliy xavfsizlik arxivi" notijorat tashkiloti saytidagi maqolaga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Tadqiqotchilar eʼtiborini 1964 yil sanasi koʻrsatilgan Yagona integrallashgan tezkor reja (SIOP) hujjatlari tortgan. Unda yadro qurolini qoʻllash masalalari koʻrib chiqilgan boʻlgan. Xususan, hujjatda SSSR sanoat salohiyatining 70%ni yoʻq qilish zarurati haqida gap borgan.
Shu bilan birga AQSH fuqarolarning ommaviy halokatga uchrashlari imkoniyatini ham chetda qoldirmaganlar.
1961 yilgi rejaga muvofiq, SIOP rejasi sovet shaharlarining 71% ni yoʻq qilishni nazarda tutgan boʻlsa, 1962 yilgi rejalarda SSSR fuqarolarining 70 millionga yaqini halok boʻlishi koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga AQSH birlashgan shtablari qoʻmita rahbarlari aholining yoʻq qilinishi gʻoyasiga Sovet Ittifoqi ustidan gʻalaba qozonishning asosiy omili sifatida qaraganlar.
Single Integrated Operational Plan, yoki SIOP — AQSH Qurolli Kuchlari tomonidan yadro qurolini jangovar qoʻllanilishining batafsil reglamentini oʻz ichiga olgan oʻta maxfiy tezkor hujjatlar majmuasidir.