AQSh O‘zbekistonga 10ta atom bomba tashlashni rejalashtirgan

© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)B-52, AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi og‘ir bombardimonchi samolyoti Afg‘oniston osmonida, 2006-yil
B-52, AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi og‘ir bombardimonchi samolyoti Afg‘oniston osmonida, 2006-yil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1959 yilda yuz berishi kerak bo‘lgan uchinchi jahon urushida, AQSh Andijon, Boysun, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand shaharlariga bittadan, Toshkentga esa ikkita atom bombasi tashlashni rejalashtirgan.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Uchinchi jahon urushi boshlanganda, AQSh strategik aviatsiyasining birinchi navbatda yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan nishonlar ro‘yxatiga O‘zbekistonning Andijon, Boysun, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand va Toshkent shaharlari kiritilgan.

AQSh Milliy Arxivlar boshqarmasi SSSR-AQSh “sovuq urushi” davriga mansub bir qator hujjatlarni maxfiylik maqomidan chiqardi. Buning natijasida keng omma AQShda 1956-yilda tuzilgan “Strategik aviatsiya nishonlari” ro‘yxati bilan tanishish  imkoniga  ega bo‘ldi.

O‘sha paytlarda sobiq SSSR va AQSh   orasidagi munosobatlar jiddiy keskinlashib, uchinchi jahon yadro urushi boshlanishiga "bir bahya" qolgandi.

1950 yillarda texnik rivojlanish darajasi atom bombasini faqat samolyotlar yordamida tashlash imkonni berar edi. Aynin shu maqsadda AQShda o‘ta uzoq masofaga uchuvchi, og‘ir, kontinetlararo, strategik bombardimonchi samolyot — Boing B-52 ishlab chiqarilgan edi. Uning ikkinchi nomi — Stratofortress, ya’ni Stratosfera qal’asi bo‘lib, u AQSh Harbiy Havo kuchlari safida 1955-yildan hozirgi kunga qadar xizmat qilib kelmoqda.

1959 yilga kelib AQSh SSSRdan 10 baravar ko‘p yadro quroliga ega bo‘lganini hisobga olsak, ushbu urushda AQSh g‘olib chiqishi ehtimoli juda katta bo‘lgan.

AQSh Strategik Aviatsiya shtabi Sharqiy Yevropa, SSSR, Xitoy va Shimoliy Koreya hududida, urush boshlangan taqdirda, birinchi navbatda yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan minglab nishonlar ro‘yxatini tuzgan. Ushbu nishonlar 2 toifadan iborat bo‘lgan: birinchi — bu aeroportga ega bo‘lgan shaharlar, ikkinchi – yirik sanoat markazlari.

O‘zbekiston hududida birinchi toifadagi shaharlar ro‘yxatiga Andijon, Boysun, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand va Toshkent shaharlari kiritilgan.

Hujjatda ushbu shaharlarda yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan turli xil obyektlar kategoriyasi ko‘rsatilgan. Infratuzilma va og‘ir sanoat obyektlari qatorida, har bir shaharda — “aholi” nishon kategoriyasi ham bor.

Hujjatda aniq nishonlar nomlari yoki koordinatalari keltirilmagan,  lekin ushbu shaharlarga bittadan nishon ko‘rsatilgan, Faqakt Toshkentda 2ta nishon ko‘rsatilgan.Ikkinchi nishon nomi Tashkent S.E. deb belgilangan, balkim bu Tashkent South East deganidir. South East – Janubi Sharq.

Wikipedia ma’lumotiga qaraganda, 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima shahrida 245 ming aholi yashagan. AQSh tashlagan bir dona atom bomba ushbu aholining 165 mingini yo‘q qilgan.   

Vodorod bombasi portlashi. - Sputnik O‘zbekiston
Vashington sharqiy Berlinni Xirosimaga aylantirmoqchi bo‘lgan

1950 yillarda O‘zbekistonning Andijon, Boysun, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand  shaharlarning har birida 200 ming yoki undan kamroq aholi yashaganini hisobga olsak, AQSh ushbu shaharlarga bittadan bomba tashlashni rejalashtirgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Toshkentda 1959-yilda taxminan 950 ming aholi yashagan. Shuning uchun Toshkent uchun ikkita atom bombasi mo‘ljallangan.

Ushbu hujjatga ko‘ra Moskva va uning atroflariga 179 bomba, Leningradga 145ta bomba, Berlinga 91 atom bombasi tashlash rejalashtirilgan.

© Commons.wikimedia / Tech. Sgt. Robert J. HorstmanBoeing B-52H AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti
Boeing B-52H AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Boeing B-52H AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti
Yangiliklar lentasi
0