O‘zbek navoiyshunosligida katta yo‘qotish: O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva vafot etdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSveti u posolstva Belgii v Moskve
Sveti u posolstva Belgii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G‘aniyevaga 2015-yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan Oliy nishon - Oltin yulduz medali topshirilgan

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Bugun, 1-sentabr kuni, 86 yoshida O‘zbekiston Qahramoni, taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘z manbasiga tayangan holda.

Alisher Navoiy va Islom Karimov haykalini qurish kimga topshiriladi?

Olima uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘tganligi aytilmoqda.

Suyima G‘aniyeva ilmiy ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlarda taniqli bo‘lgan sharqshunos-olimadir.

1992 yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, shu yilning o‘zida "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan. 2008-yilda olimaga "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni topshirilgan. 

2015 yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G‘aniyevaga O‘zbekiston Qahramoni unvoni va Oliy nishon - Oltin yulduz medali topshirilgan.

Olima 500dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Xabar qilinishicha, Suyima G‘aniyeva bugun, 1-sentabr kuni "Chig‘atoy" qabristonida dafn etiladi.

Yangiliklar lentasi
0