Soxta bosqinchilik: Toshkentda fuqaro 58 million so‘m deb o‘zini-o‘zi jarohatladi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea joyiga, ya’ni Uchtepa tumaniga tezkor-tergov guruhi yuborildi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 27-avgust kuni fuqarolardan biri militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, bosqinchilik oqibatidan uning yonida bo‘lgan 58 million so‘m puli o‘g‘rilanganligi haqida xabar beradi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
IIBB mast holda boshqarilgan avtombillar suratini namoyish qildi

Murojaatga ko‘ra, ushbu pullar aslida jabrlanuvchi haydovchi bo‘lib ishlaydigan mebel korxonasiga tegishli ekanligini ma’lum bo‘lgan.

Voqea joyiga, ya’ni Uchtepa tumaniga zudlik bilan tezkor-tergov guruhi yuborildi.

Jabrlanuvchi, 25 yoshli U.Javohir IIBB xodimlariga voqea tafsilotlarini so‘zlab berar ekan, shu kuni u “Labo” rusumidagi xizmat mashinasida buyurtmachi oldidan katta pul bilan qaytib kelayotgan vaqtida “Matiz” rusumidagi mashina uning yo‘lini to‘sib to‘xtatgani va ichidan ikki nafar noma’lum shaxs tushib unga hujum qilganini, pichoq bilan po‘pisa qilib, yonidan 58 million so‘m pulini olib noma’lum tomonga qochib ketishganini so‘zlab berdi. Javohirning so‘zlariga ko‘ra voqea Istirohat ko‘chasida sodir bo‘lgan.

“Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasia aslida shu kuni hech qanday bosqinchilik jinoyati sodir etilmaganligi aniqlandi. Qarindoshiga tegishli xususiy korxonada haydovchi bo‘lib ishlovchi Javohir buyurtmachidan  olgan 58 million so‘m miqdoridagi pulni shunchaki o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lgan. Pullarni do‘stining uyiga yashirib qo‘ygach, bosqinchilik bilan bog‘liq voqeani ham to‘qib chiqargan. Barchasi haqiqatga yaqin bo‘lishi uchun hatto o‘zini-o‘zi jarohatlagan. Ammo uning rejasi amalga oshmadi. Endi Javohir yolg‘onchiligi uchun qonun oldida javob beradi”, - deyiladi IIBB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0