Mirziyoyev: odamlarni rozi qilishni bugungi siyosatimizning bosh maqsadi, deb bilamiz

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men sizlarning ko‘pchiligingizni yaqindan taniyman. Har biringizni o‘z mehnati, jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan hurmatli insonlar sifatida qadrlayman", - deb ta’kidladi prezident.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 31-avgust kuni davlat  mukofotlarini topshirish marosimi bo‘ldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vruchil orden El-yurt hurmati  USM Holding Alisheru Usmanovu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar va davlat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, Mustaqillikning 27-yilligi arafasida O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh fuqarolarni faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

“Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davriga, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Kelajagimizni xalqimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida o‘z qo‘limiz, o‘z kuchimiz bilan barpo etmoqdamiz.  Odamlarni rozi qilishni bugungi siyosatimizning bosh maqsadi, deb bilamiz. “O‘sish”, “rivojlanish” deganda faqat raqamlarga, miqdor ko‘rsatkichlariga emas, avvalo ular aholining kundalik hayotida, uyi va dasturxonida qanday namoyon bo‘layotganiga ustuvor ahamiyat qaratayapmiz,” - dedi Prezident.

Bugun barcha-barcha jabhalarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, qishloq va mahallarni obod qilish, xalqning turmush darajasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vruchil gosudarstvennie nagradi v predverii Dnya Nezavisimosti
Mirziyoyev: odamlarni rozi qilishni bugungi siyosatimizning bosh maqsadi, deb bilamiz - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vruchil gosudarstvennie nagradi v predverii Dnya Nezavisimosti

Bu ishlarga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zining fidokorona mehnati, Vatanga sadoqati bilan el-yurtga namuna bo‘layotgan insonlar xizmatini munosib qadrlanmoqda.

Turli sanalar va kasb bayramlari munosabati bilan o‘nlab fidoyi insonlar davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida turli sanalar munosabati bilan 320 nafar fuqaro davlat tomonidan faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Bayram arafasida ularning safiga yana 321 kishi qo‘shildi. 

Prezident bir guruh o‘zbekistonliklarga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

“Men sizlarning ko‘pchiligingizni yaqindan taniyman. Har biringizni o‘z mehnati, jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan hurmatli insonlar sifatida qadrlayman. Barchangizga tilagim bitta: sizlar mana shunday yutuq va zafarlarni qo‘lga kiritishdan hech qachon charchamang. Biz esa sizlarga davlatimizning mana shunday yuksak mukofotlarini topshirishdan charchamaylik”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0