Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar va davlat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vruchil orden "El-yurt hurmati" "USM Holding" Alisheru Usmanovu
Shavkat Mirziyoyev vruchil orden El-yurt hurmati  USM Holding Alisheru Usmanovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tarixida birinchi marta chet elliklarga O‘zbekistonning davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bugun, 31-avgust kuni O‘zbekiston tarixida birinchi marta chet elliklarga  O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vruchil gosudarstvennie nagradi gruppe gosudarstvennix deyateley   - Sputnik O‘zbekiston
Imomali Rahmon Abdulla Aripov, Abdulaziz Kamilov va Zokir Almatovni orden bilan taqdirladi

Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. 

“Bugun ko‘pmillatli xalqimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27-yilligini keng nishonlamoqda. Ushbu shonli tarixiy sanani biz bilan birgalikda mamlakatimizning chet ellardagi ko‘p sonli do‘stlari va sheriklari – davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, yirik xorijiy kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bayram qilayotgani bizni quvontiradi”, - dedi Mirziyoyev.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekiston faol va ochiq tashqi siyosat yuritmoqda. Rossiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanmoqda. Jahonning yetakchi kompaniyalari, bank va konsorsiumlari, xalqaro biznes tuzilmalari O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda.

“Biz sheriklarimizning O‘zbekiston iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, ijtimoiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan katta hissasini yuksak qadrlaymiz”, – dedi O‘zbekiston rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari Alisher Usmanovga “El-yurt hurmati” ordeni, Rossiyaning “LUKOYL” ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperov hamda Germaniyaning “KNAUF” korxonalari guruhi ishtirokchilari Kengashi a’zosi Nikolaus Knaufga “Do‘stlik” ordenlarini topshirdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vruchil orden "Do‘stlik" prezidentu rossiyskogo otkritogo aksionernogo obshestva "LUKOYL" Vagitu Alekperovu
Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar va davlat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vruchil orden "Do‘stlik" prezidentu rossiyskogo otkritogo aksionernogo obshestva "LUKOYL" Vagitu Alekperovu

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari topshirildi. O‘zbekiston bilan Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan madaniyat, fan va sog‘liqni saqlash sohalari vakillariga farmonga muvofiq orden va faxriy unvonlar berildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTorjestvennaya seremoniya, posvashennaya vrucheniyu gosudarstvennix nagrad Respubliki Uzbekistan inostrannim grajdanam
Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar va davlat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Torjestvennaya seremoniya, posvashennaya vrucheniyu gosudarstvennix nagrad Respubliki Uzbekistan inostrannim grajdanam

“Bunday marosim mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘tkazildi. O‘ylaymanki, hamjihatligimiz, bag‘rikengligimiz ifodasi bo‘lgan bu tadbir an’anaga aylanib qoladi. O‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham rivojlanib, samimiy do‘stligimiz va o‘zaro anglashuvimiz xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi”, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mukofotlanganlar yuksak e’tibori, xorijlik investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirdi. 

Yangiliklar lentasi
0