Kreditga mashina: patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlariga imtiyoz joriy etildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlariga kreditlar 10-yilgacha muddatga beriladi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda nima qilish kerak – IIBB rahbari javobi

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining jamoat tartibini muhofaza qilishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit berish tartibi joriy etildi.

Kreditlar 10-yilgacha muddatga, sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi miqdorini dastlabki badal sifatida to‘lagan holda, foiz stavkasi kredit berish sanasida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida (14 foiz) hisoblangan holda beriladi.

Yangiliklar lentasi
0