Avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda nima qilish kerak – IIBB rahbari javobi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoe avtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB poytaxt yo‘llarida tirbanliklarni oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda takliflar kiritib bormoqda.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev yo‘llarda avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda haydovchilar nima qilish zarurligini aytdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sotrudnik MVD osushestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki  - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil oynasini qoraytirish uchun to‘lovning taxminiy narxi aytildi

IIBB rahbari so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri yo‘llarida avtomobillar tirbandligini oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda. Xususan, poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda yangi yo‘llarni ochish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

"Masalan kimdir tirbandlikni ko‘rib qoldi. Bu haqda darhol Facebookda yozish kerakmas. Vaqt ketmoqda, biz bu xabarni qachon o‘qiymiz? Uning o‘rniga 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, shu chorrahada katta tirbanlik yuzaga kelgan deb aytinglar, bo‘ldi. Hozir shaharda mobil motosikllarimiz bor, marshrutlarda patrul mashinalarimiz yurishadi. Ular kelib, yordam berishadi", - deb ta’kidladi Rustam Jo‘rayev.

Jo‘rayevning aytishicha, ayni vaqtda poytaxt IIBB yo‘llarda tirbanliklarni oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda takliflar kiritib borilmoqda. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda yaxshi natijalarga erishgan xorijiy davlatlarining tajribasi o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0