Shavkat Mirziyoyevning yangi vertoloti namoyish qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVertolet prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
Vertolet prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot xizmati yangi Airbus Helicopters H175 vertolot suratini Facebook sahifasiga joylashtirdi.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Prezident matbuot xizmati Facebook sahifada yangi Airbus Helicopters H175 vertolot suratini chop etdi. Prezident shu vertolotda Toshkent viloyatini aylandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi

Airbus Helicopters H175 vertoloti – 2009-yilda Fransiyaning “Airbus Helicopters” aviaqurilish kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 2014-yil dekabrda foydalanish boshlangan.

2008 yil 24-fevralda Xyustondagi Heli-Expo ko‘rgazmasida rasmiy ravishda ilk bor ko‘rsatilgan.  

Dastlab Eurocopter EC175 va Harbin Z-15 sifatida ishlab chiqarish boshlangan.

2015 yilda EC175 vertoloti H175 nomga o‘zgartirilib,  Eurocopter rebrendingi asosida Airbus vertolotlari sifatida ishlab chiqarish boshlangan.  

Vertolot o‘rta og‘irlikdagi yuk ko‘tarish ko‘rsatkichiga ega. Maksimal uchishdagi yuk ko‘tarish ko‘rsatkichi 7 tonnani tashkil qiladi. Vertolotga 12-18 nafar yo‘lovchi o‘tirishi mumkin. Eng yuqori tezligi 315 km/s. Vertolot balandligi 5,34 m, bo‘sh vertolotning og‘irligi 4603 kg tashkil etadi. Maksimal uchish balandligi esa 5500 metr.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbariyati fikriga ko‘ra, 2034-yilgacha 1000 dona bu turdagi vetolotlarni sotish rejalashtirilgan. Biroq dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda yakuniy ko‘rsatkich 500-600 dona atrofida bo‘lishi mumkin.

Xitoyda H175 Xitoyning AVIC aviatsiya korporatsiyasi tomonidan Avicopter AC352 sifatida ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0