TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Bugun 29-avgust kuni Shavka Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga bordi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29-avgust kuni Toshkent viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari Bekobod shahriga tashrif buyurdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida prezidentning O‘zbekistonning turli viloyat va tumanlariga tashrif buyurib, joylardagi vaziyat bilan shaxsan tanishish, u yerdagi talab-ehtiyoj va muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilish hamda yangi marralar belgilash – ijobiy natijalar keltiruvchi an’anaga aylandi.