Qonuniy kamtarlik: Tojikistonda qabr va qabrtosh o‘lchamlari belgilandi  

© Sputnik / Iskandar AminovNa musulmanskom kladbishe v Dushanbe.
Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston hukumati keng qabrlar va dabdabari qabrtoshlar o‘rnatishni ta’qiqladi.

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Tojikiston hukumati qabrlar va qabrtoshlar o‘lchamlarini belgilovchi qonun qabul qildi, deb yozmoqda "Djumxuriyat" gazetasi.

Hukumat tomonidan qabul qilingan rasmiy hujjatda belgilanishiga ko‘ra, har bir qabr uchun uzunligi 2 metr va eni 1,5 metr bo‘lgan yer maydoni ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev posetil v Yashnabadskiy rayon - Sputnik O‘zbekiston
Kamtarinlik va saxiylik: o‘zbekistonliklar Mirziyoyevdan qanday sovg‘a so‘ragan bo‘lar edi

Shuningdek qabrtoshlar o‘lchamlariga ham cheklovlar kiritilgan. Unga ko‘ra gorizontal joylashgan qabrtoshlar uzunligi 1,5 m, eni va balandligi 1metrdan baland bo‘lmasligi kerak.

Qonunda aytilishiga ko‘ra, ushbu talablarning bajarilishi mahalliy organlarning maxsus xizmatlari tomonidan nazorat qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon bayrami oldidan Tojikiston hukumati bayram dasturxoni kamtaroni bo‘lishi kerakligi haqida maxsus yo‘riqnoma e’lon qilgan edi.

Undan tashqari Tojikistonda ham to‘ylarni kamtarona o‘tkazish va to‘y xarajatlarini bolalarga ta’lim berish uchun sarflashga qaratilgan chaqiriqlar doimiy ravishda eshitilib turadi.

Yangiliklar lentasi
0