Kamtarinlik va saxiylik: o‘zbekistonliklar Mirziyoyevdan qanday sovg‘a so‘ragan bo‘lar edi

© facebook.comShavkat Mirziyoyev posetil v Yashnabadskiy rayon
Shavkat Mirziyoyev posetil v Yashnabadskiy rayon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar istaklari juda kamtarona bo‘lib chiqdi: ko‘pchilik o‘zlari prezidentga sovg‘a berishni yoki birgalikda suratga tushishni xohlashgan

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston tahririyati prezidentdan "qanday sovg‘a so‘ragan bo‘lar edingiz" degan savol bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi.

Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev: Qozog‘istonni tanqid qilish menga kayf beradi

So‘rov natijalari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik — 34,5 % "Men o‘zim prezidentga sovg‘a bergan bo‘lardim" degan bandga ovoz berishgan. Ikkinchi o‘rinda (20,5 %) prezident bilan birgalikda suratga tushish istagi turibdi. So‘rovda qatnashganlarning qolgan  qismi esa Toshkent propiskasi, mashina va soat sovg‘a olish istagida ekanliklarini bildirganlar.

Ushbu so‘rov natijalari, o‘zbekistonliklar o‘ta kamtarin va saxiyligini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Qirg‘izistonda Almazbek Atambayev tomonidan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida bir jurnalist prezidentdan soat sovg‘a qilishni so‘ragan. Jurnalist bu holatni tushida ko‘rganligini aytib o‘tgan. Prezident uning iltimosini oxirigacha eshitmasdan, "yaxshiyam shimimni so‘ramadingiz", deya kulgancha qo‘lidagi soatni yechib, jurnalistga sovg‘a qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0