TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti ma’muriyatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Uznews.
Sobiq Prezident devoni “Prezident ma’muriyati” deb qayta tashkil etiladi. Shuningdek "davlat maslahatchisi" lavozimi bekor qilinib "prezident maslahatchisi" lavozimiga o‘zgartirilgan.
Ushbu munosabat bilan prezidentningoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi Qahramon Quronboyev yangi tashkil qilingan Prezident ma’muriyatining ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport ishlari bo‘yicha sektor boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.
Madaniyat, nashriyot va ijodiy uyushmalar bo‘yicha davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ham o‘z vazifasini tark etgan holda, prezidentning spichrayter (nutq yozuvchisi) sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Yangi tashkil qilingan prezident ma’muriyatiga rahbar etib Zaynobiddin Nizomiddionov tayinlangan.