TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident devoni xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar qildi telegrammdagi "O‘qituvchi" kanali.
Ta’kidlanishicha, prezident mansabdor shaxslar endi yakshanba kunlari ishga chiqmasligi bo‘yicha topshiriq bergan.
Davlat xizmatchilari endilikda shanba kuni soat 17:00 gacha ishlab, yakshanba kuni ishga chiqmaydigan bo‘lishgan.
Ushbu kunlarda ular dam olib, vaqtini oilasi bilan o‘tkazishi lozimligini aytib o‘tgan.