Rustam Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi

© SputnikRustam Inoyatov
Rustam Inoyatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentning "davlat maslahatchisi" lavozimi bekor qilindi

Ushbu farmondan keyin Prezident administratsiyaning 21 nafar rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha hujjat qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Rustam Inoyatov Rasulevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 1995-yil 27-iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi bo‘lib kelgan Rustam Inoyatov joriy yil 31-yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0