Bojxonaga ishga olib kirishga va’da bergan firibgarlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona organlari safini kadrlar bilan jamlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqildi.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi internet tarmog‘ida Farg‘onada sodir bo‘lgan firibgarlarning bojxonaga ishga kiritib qo‘yish evaziga pora so‘ragani haqidagi xabarlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda tadbirkordan 300 dollar pora olgan soliq rahbari qo‘lga olindi

“Bojxona organlariga aloqasi bo‘lmagan A. va B. ismli firibgar shaxslar mo‘may daromad orttirish maqsadida ba’zi ishonuvchan yurtdoshlarimizni chuv tushirib, go‘yoki ularni Farg‘ona viloyati boshqarmasiga ishga olib kiraman degan va’dalar bilan ulardan 4800 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Hozirda mazkur holat yuzasidan A. va B.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, - deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarida.

DBQ xabarida qayd etilishicha, bojxona organlari tizimida korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati obro‘sini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bojxona organlari safini kadrlar bilan jamlash ishlarini adolatli tashkil etish, bu jarayonda shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi tizim ishlab chiqildi.

Ommaviy axborot vositalariga e’lon berish, o‘quv muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazish orqali bojxona organlariga ishga kirish istagini bildirgan har bir fuqaroga tanlovdan o‘tish imkoniyati yaratib berildi.

Endilikda, ishga kirish istagini bildirgan har bir nomzod bojxona organlarining tegishli xizmatlar mas’ul xodimlari bilan kollegial tarzda komissiya suhbatidan o‘tkazilmoqda.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qo‘mitasi raisi javobi

Bojxona qo‘mitasi tomonidan korrupsiyani oldini olish borasida muntazam tadbirlar o‘tkazilib, bojxonachi xodimi nomiga dog‘ tushirgan, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmayotgan xodimlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Bojxona organlariga ishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar, xususan yoshlarga murojaat qilib, mazkur masala yuzasidan notanish kimsalar va firibgarlarning takliflariga aldanmay, faqat va faqat o‘zlari yashayotgan va doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi DBQ hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va Milliy kinologiya markazining kadrlar bo‘limiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0