TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov davlat organlarida yig‘ilishlar soni va muddatini qisqartirish topshirig‘ini berdi, deb xabar qildi kun.uz nashri.
Hukumat rahbari topshirig‘iga barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, ayniqsa, mahalliy hokimliklarda ish yuritishning aniq reglamenti ishlab chiqiladi. Masalan, yig‘ilish o‘tkazish vaqtini respublika darajasida 2 soatdan, viloyat, shahar va tumanlar darajasida 1-1,5 soatdan oshmaydi.
Bundan tashqari, kunning noqulay paytlarida, ya’ni tong saharlab yoki yarim kechada yig‘ilishlar o‘tkazishni qat’iyan cheklash hamda yig‘ilishga bevosita aloqasi bo‘lmagan korxonalar, idoralar va jamoat tashkilotlarining rahbar va xodimlarini, fermer va tadbirkorlarni umuman taklif etmaslik nazarda tutilgan.
Shuningdek, qog‘ozbozlikka barham berish, mahalliy hokimliklardan hech kimga keragi bo‘lmagan ma’lumotlar va hisobotlarni talab qilish amaliyotiga qat’iyan barham berish topshirig‘i berilgan.