TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Halima Xudoyberdiyeva hamda Anvar qori Tursunovlar oilasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek shoirasi Halima Xudoyberdiyeva 17-avgust kuni, Anvar qori Tursunov esa - 13-iyun kuni vafot etgan edi.
O‘zbek xalqi urf-odatiga ko‘ra Qurbon hayit kunlarida yaqin orada janaza bo‘lib o‘tgan oilalarga tashrif buyurib, u yerda fotiha o‘qish xayrli ish hisoblanadi.