TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Argentina poytaxti Buenos-Ayresda “Sahna tangosi” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ilk bor argentinalik emas, xorijiy juftlik g‘olib chiqdi.
Dunyoda eng nufuzli hisoblangan va 700dan ortiq juftlik ishtirok etgan ushbu tanlovda ilk bor xorijiy juftlik g‘alaba qozondi. Rossiya nomidan ishtirok etgan Dmitriy Vasin va o‘zbekistonlik bo‘lgan Sagdiana Xamzina.
Sagdiana Xamzina Toshkentda tug‘ilib o‘sgan, O‘zbekiston Xoreografiya akademiyasini tamomlagan, ayni damda Moskvadagi GallaDance raqs klubida shug‘ullanadi.
Juftlik oxirgi 3-yil davomida ushbu musobaqada ishtirok etgan bo‘lsada sovrinli o‘rinni egallay olmagan edi. O‘tgan yili Vasin va Xamzina 4 o‘rinni ega bo‘lishgan edi. Bu yil esa ular ham birinchi o‘rin ham "tomoshabinlar eng xush ko‘rgan" juftlik unvoniga sazovor bo‘lishdi.
“Menimcha bu tush bo‘lsa kerak, hozircha aqlimga sig‘mayapti. Biz buni ertaga tushunib yetamiz”, - dedi Sagdiana jurnalistlarga.
“Biz kelasi yil o‘quvchilarimizni olib kelamiz, lekin o‘zimiz musobaqada ishtirok etmaymiz”, - dedi musobaqalarda yetti marotaba ishtirok etgan Dmitriy Vasin.
Argentinada odatda tango raqsining 2 yo‘nalishi bo‘ficha musobaqalar bo‘lib o‘tadi. “Sahna tangosi va “Salon tangosi”. Sahna tangosi murakkab akrobatik elementlari bilan ajralib turadi.