Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi

© REUTERS/Carlos BarriaAQSh prezidenti Barak Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi
AQSh prezidenti Barak Obama Argentina prezidenti qabulida tango raqsini ijro etdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishq raqsini ijro etayotgan Barak Obama boshqa erkak bilan vals tushayotgan rafiqasidan ko‘zini uzmadi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik.   AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Argentina prezilenti Maurisio Makri qabulida ayro-ayro hamrohlar bilan tango raqsini ijro etishdi. Qabul Buenos-Ayres shahrida o‘tdi, deb xabar qiladi RIA Novosti Assoshieyted Press agentligiga asoslangan holda.

Amerika rahbari, avvaliga o‘zini raqsga taklif qilgan ayolga  rad javobini berdi, ammo bir oz ikkilanishdan so‘ng, rozi bo‘ldi va raqs maydoniga chiqdi. Obamaning rafiqasi Mishel bu paytda begona erkak bilan vals tushayotgan edi.

Obama chorshanba kuni Argentinaga rasmiy tashrif uyushtirgan edi. U so‘nggi 19-yil ichida Lotin Amerikasiga tashrif uyushtirgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.
Shu kuni ertalab Obama ishtirokidagi boshqa bir video ham internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Gap shundaki, Amerika prezidenti Kubaga tashrifi doirasida matbuot-anjuman o‘tkazdi. Anjuman yakunida Obama Ozodlik oroli rahbarining yelkasini “urib qo‘ymoqchi” bo‘lganida, Raul Kastro bunga yo‘l qo‘ymadi. Kastro Obamaning qo‘lini tutib qolib, u bilan havoda silkidi.

Yangiliklar lentasi
0