Sankt-Peterburgda terakt uyushtirgan fuqaroni 15-yil qamoq jazosi kutmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda terakt uyushtirgan Qirg‘iziston fuqarosiga prokuror 15-yil qamoq jazosi berishni so‘radi.

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi Qirg‘iziston fuqarosi Sirojiddin Muxtarovni Sankt-Peterburgda uyushtirilgan teraktda aybdor deb topdi va unga 15-yil qamoq jazosi berishni so‘radi, RIA Novosti xabariga asosan.

Nissa qurbonlari xotirasiga gullar - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Nissadagi terakt uchun javobgarlikni oldi

Ayblovda aytilishiga ko‘ra, Sirojiddin Muxtorov terrorchi yollashda, portlovchi moddalarni noqonuniy sotib olish, saqlash va tashib o‘tishda hamda portlovchi moslamalar yasashda ayblanmoqda.

Undan tashqari Muxtorov "Jamaat Tauxid va Djixad" nomli noqonuniy tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu tashkilot a’zolari o‘tgan yili Bishkekda Xitoy elchixonasiga terrorchilik hujumini tashkil qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Sankt-Peterburgda “Sennaya ploo‘ad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari orasida xudkush terrorchi Akbarjona Djalilova uyushtirgan terakt oqibatida 16 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0