"Islom davlati" Nissadagi terakt uchun javobgarlikni oldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishNissa qurbonlari xotirasiga gullar
Nissa qurbonlari xotirasiga gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parij prokuraturasi NIssadagi teraktni amalga oshirgan terrorchi - asli Tunislik bo‘lgan mahalliy fuqaro 31 yoshli Moxamed Laxuayedj Buxlel ekanligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik guruhi Nissadagi terakt uchun javobgarlikni oldi, RIA Novosti "Al-Jazira" telekanali xabariga asosan.

OAV xabariga ko‘ra, terrorchilar bu haqida o‘z ammaviy axborot vositalari orqali xabar bergan.

Chorshanba kechqurun Nissada terrorchi boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasi mushakbozlikni tomosha qilish uchun to‘plangan odamlarni bosib ketgan. Guvohlar aytishiga qaraganda, yuk avtomobili ikki kilometr davomida 60-70 km/soat tezlikda zig-zagsimon harakat qilib odamlarni bosib ketgan. 84 kishi fojea qurboniga aylangan.

Terrorchini politsiya yo‘q qilgan.Parij prokuraturasi Nissadagi teraktni amalga oshirgan terrorchi — asli Tunislik bo‘lgan mahalliy fuqaro, 31 yoshli Moxamed Laxuayedj Buxlel ekanligini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0