O‘zbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVistavka "Bal Robotov"
Vistavka Bal Robotov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Robot-politsiyachilardan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini jiddiy xavf-xatardan ogohlantirish vositasi sifatida foydalaniladi

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. 2019-2020 yillarda butun Markaziy Osiyo mintaqasida Rossiyada ishlab chiqarilgan robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti nashriga Rossiyaning Promobot kompaniyasi rahbari Oleg Kivokursev xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, 2018-yilning iyul oyida robot-politsiyachi Qozog‘iston Ichki ishlar departamentida xizmat qilishni boshlagan.

Kivokursevga ko‘ra, endi O‘zbekistonda ham shunday amaliyot yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

"Biz ushbu loyihani boshqa mamlakatlarga ham keng targ‘ib qilishni rejalashtirmoqdamiz. O‘zbekiston, Yaqin Sharq mamlakatlaridan so‘rovlar kelib tushgan, shu bois robot-politsiyachilar Osiyoda paydo bo‘lishi mumkin. Janubiy Koreya ham bu loyihaga qiziqish bildirgan", - deb aytgan Promobot rahbari agentlikka bergan intervyusida.

Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Jo‘rayev militsiya xodimlarining asosiy kamchiligini aytdi

Kivokursevning so‘zlariga ko‘ra, robotning asosiy ishi xavf aniqlanganda bu haqda huquqni muhofaza qilish xodimlarini ogohlantirishdan iborat bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, robot 24 soat davomida hududni patrul qiladi, videosyemka ishlarini olib boradi, politsiya hisobida turgan jinoyatchilar bazasi asosida shaxslar "yuzlarini tanish" ishlari bilan shug‘ullanadi.

U, shuningdek, "terrorizm", "bomba" va boshqa shu singari kalit so‘zlarga reaksiya bildiradi va bu haqda ham idoraga ogohlantirish yo‘llaydi.

Shuningdek, robotda barmoq izlarini hisoblash funksiyasi ham mavjud. Shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda, robot-politsiyachi joyning o‘zida shaxsni tekshirish ishlari bilan shug‘ullanishi mumkinligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0