TOShKENT, 22 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018-yil 24-avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi.
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov o‘zining Feysbukdagi rasmiy akkauntida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ sammitida global iqlim o‘zgarishi sharoitida Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Majlis yakuni bo‘yicha Davlat rahbarlari kengashining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi kutilmoqda.