Orol muammosi BMT bilan hamkorlikining asosi bo‘lib qoladi

© Sputnik / Yuriy Kuydin / Mediabankka o‘tishOrol dengizida kemalar qoldiqlari
Orol dengizida kemalar qoldiqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antoniu Geterresh aytishiga qaraganda, Orol dengizi muammosi BMT va O‘zbekistonga hamkorligining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, BMT va O‘zbekiston hamkorligining asosi bo‘lib qoladi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT yangi Bosh kotibini tabrikladi

Orol dengizi qurish oqibatlarini yumshatish — ikkala tomon uchun ham hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. BMT kelajakda ham ushbu muammo oqibatlarini bartaraf qilishda yordam berishda davom etadi", — dedi BMT yangi bosh kotibi, Antoniu Guterresh  o‘zining Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan xabarida.

Guterresh, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriklab, O‘zbekistonga qilgan taklifi uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.

"Siz bilan uchrashuvni va hozirgi zamonning dolzarb hududiy va regional chaqiriqlariga barqaror yechimlar topish maqsadida, birga ishlash imkoniyatini orziqib kutmoqdaman", — deyilgan Guterreshning javob xatida.

1960 yillarda dunyoning to‘rtinchi eng yirik ko‘li bo‘lgan Orol dengizining sathi oxirgi 40-yil davomida ikki baravar kichrayib ketdi. Suv darajasi 18 metrga pasaydi. Mavjud bo‘lgan suv miqdori esa — besh baravar kamaydi. Buning oqibatida atrofdagi yerlar sho‘rlanib, hududning fauna, flora va inson sog‘lig‘iga keskin ta’sir ko‘rsatgan ekologik ofat yuz berdi.

Yangiliklar lentasi
0