TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi sanksiyalarini kontrmahsuldor va bema’no, deya hisoblashi haqida ma’lum qildi.
"Sanksiyalarga keladigan bo‘lsak, bu harakatlar kontrmahsuldor va ma’nosiz, ayniqsa, Rossiya singari davlatga nisbatan", - deb aytgan Putin.
Rossiya prezidenti bu haqda Finlyandiya prezidenti Saul Niinistyo bilan bo‘lgan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot-anjumanida gapirgan.
Vladimir Putin Rossiyaning amerikalik hamkorlari qachonlardir bu singari siyosatning istiqboli yo‘qligini anglab yetishlariga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust kuni AQSh kiberfaoliyat va KXDR tufayli Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritgani ma’lum bo‘ldi.