TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda Qurbon hayit 21-23avgust kunlari keng nishonlanmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Hayit namozi
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda Iyd al-Adho – Qurbon hayit namozi tonggi 05:45 daqiqadan to 06:40 daqiqagacha bo‘lgan belgilangan vaqtlarda ado etilgan.
“Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2056 ta masjidlardan1982 tasida 1million903 ming 690 nafar fuqarolarimiz hayit namozini o‘qidilar”, - deyilgan xabarda.
Eng ko‘p odam jamlangan masjidlar - Toshkentdagi Ko‘kcha masjidi - 27 225 kishi, Hazrati Imom majmuasi – 14 373 kishi ,“Minor” masjidi – 12123 kishi va Islom ota jome masjidi – 10 400 kishi, bo‘lgan.
Odam gavjum bo‘lgan hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda barcha kerak xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Xususan, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan kerakli xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Barcha katta masjidlarga tez tibbiy yordam mashinalar biriktirilgan: 2862 nafar tibbiyot xodimi, 1457 ta mashina, 1530 ta tibbiyot punktlari navbatchilik qilgan.
Hayit bayrami
Respublikamizning barcha tuman, mahalla, chekka qishloq va ovullarida, madaniyat va istirohat bog‘larida barcha sharoitlar yaratilib, mahalla guzarlarida savdo xizmati shaxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Joriy yil 18-19avgust kunlari tashkil etilgan umumxalq xasharida mavjud qadamjolar, tarixiy obidalar va qabristonlarga asosiy e’tibor qaratildi. Respublikaning barcha hududlaridajami 10984ta, jumladan, 519 ta qadamjolar, 850tayodgorliklar, obidalar, 9615 ta ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu ishlar davom etmoqda.
Olis qishloqlardan markazdagi ziyoratgoh va masjidlarga keksalar maxsus avtobuslarda olib kelinib, uylariga qayta kuzatib qo‘yildilar.
Xayriya ishlari
Joylarda amalga oshirilgan moddiy yordamlar 5 mlrd. 343 mln. 87 ming so‘m bo‘lib, jumladan,54849 ta nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarga 4 mlrd. 975 mln.so‘mdan ortiq, 89 ta “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga esa367 mln. 425 ming so‘mdan ortiqmoddiy yordam ko‘rsatildiva bu kabi ishlar davom etmoqda.
Biriktirilgan davlat va jamoat tashkilotlari – “Mahalla”, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”, “Nuroniy” hamda hokimlik kabi vakillari tomonidan ularga katta hurmat-e’tibor ko‘rsatildi.
Respublikadagi barcha bozorlarda to‘kin-sochinlik, ozodalik, tartib-intizom ta’minlanib, mahsulotlarning narxlari 10-15 foizga pasaytirilishi kuzatildi va bu holat fuqarolarimizning kayfiyatini ko‘tarib ularga bayramona quvonch baxsh etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga shu bugun, Hayit bayrami kuni dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 mlrd. 998 mln. 485 ming 965so‘m mablag‘ kelib tushdi. Mazkur mablag‘larning tasarrufi shaffoflik asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.