TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Ertaga, 21-avgust Qurbon hayit kuni shahar transporti tong soat 05:00 dan ishlay boshlaydi, deb xabar qildi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.
“Shahrimiz aholisi va mehmonlariga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida 21-avgust kuni yo‘nalishlarga harakat tarkibining ishga chiqarilish vaqti tong soat 5:00 dan boshlanadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti farmoniga asosan O‘zbekistonda 2018-yilda Qurbon hayit bayrami 3 kun davomida 21-23 avgust kunlari nishonlanadi.