TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Seshanba, 21-avgust kuni O‘zbekistonning YuNESKOdagi yangi tayinlangan doimiy vakili Umid Shodiyev Toshkentdan Parijga uchib ketdi, deb xabar berdi mamlakat TIV matbuot-xizmati.
Ilgariroq, Umid Shodiyev Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola-Karimov Tillayeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi lavozimini tark etayotgani haqida e’lon qilgan edi.
Lola Karimova ushbu lavozimni 10-yil davomida egallab kelgandi.