TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Lola Karimova elchi lavozimini tark etayotganini xabar qildi. Bu haqda u o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.
Lola Karimovaning so‘zlariga ko‘ra, u YuNESKOdagi elchilik vazifasini tark etishga qaror qilgan bo‘lsa-da, madaniyat, ta’lim, ilm-fan va atrof muhitni asrash sohasidagi loyihalarga oid faoliyatimni davom ettirish niyatida.
"Men, shuningdek, "Sen yolg‘iz emassan" xayriya jamg‘armasi ishini davom ettirish, va og‘ir yurak xastaliklari bilan og‘rigan bolalarga fransuz shifokorlari bilan hamkorlikda jarrohlik muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadidaman. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolajonlarga va yordamga muhtoj boshqa o‘zbekistonlik bolalarga ko‘mak dasturlarini davom ettiramiz.
Mening rasmiy veb sahifamda O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan, 2008-2017 yillarda amalga oshirilgan ishlar xususidagi hisobot bilan tanishishingiz mumkin", — deb yozgan Lola karimova.