Mirziyoyev va Rahmon Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Raxmon pochtili pamat Islama Karimova
Mirziyoyev i Raxmon pochtili pamat Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidentining Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi o‘zbek xalqiga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi, deb ta’kidlaydi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davom etayotgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Tarixdagi inqilobiy yil": Mirziyoyev va Rahmon nimalar haqida gapirishdi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab o‘zbekistonliklar va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.

Tojikiston prezidentining Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi o‘zbek xalqiga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi, deb ta’kidlaydi Feysbukdagi postida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston rahbari Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0