O‘zbekistonda o‘quvchilar formasida diniy elementlar nega taqiqlangani tushuntirildi

© Press slujba Minobrazovaniya UzbekistanaUchenisi uzbekskoy shkoli
Uchenisi uzbekskoy shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiz o‘quvchilarga pirsing va tatuirovkalar, sochni yorqin ranglarga bo‘yab olish, yorqin makiyaj, tirnoq o‘stirish, bittadan ortiq zirak taqish, uzuk taqish taqiqlanadi.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston majburiy o‘rta ta’lim dunyoviy bo‘lgani bois, turli diniy konfessiya va subkulturalarga xos libos yo ularning elementlari formada bo‘lishi mumkin emas, deb xabar qilmoqda Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanali.

Variant shkolnoy formi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona maktab formasi qabul qilindi

Bunday libos yo elementlarga misol sifatida hijob, kipa (yahudiylar do‘ppisi), kashaya (buddaviylar bosh kiyimi), xoch (krest) kabilar sanab o‘tilgan.

O‘g‘il bolalarga soqol qo‘yish, pirsing va tatuirovkalar, sochni 3 santimetrdan ortiq o‘stirish va sochni yorqin ranglarga bo‘yatib olish taqiqlanadi.

Qizlarga esa pirsing va tatuirovkalar, sochni yorqin ranglarga bo‘yab olish, yorqin makiyaj, tirnoq o‘stirish, bittadan ortiq zirak taqish, uzuk taqish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0