O‘zbekistonda yagona maktab formasi qabul qilindi

Obuna bo‘lish
Yangi maktab formasi 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab majburiy etib belgilandi

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Zamonaviy yagona maktab forma masalasi yuzasidan qaror qabul qilindi, deb xabar berildi Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanalida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori qabul qilindi.

V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu - Sputnik O‘zbekiston
Maktab formasi uchun gazlama Koreya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi mumkin

Qaror bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab esa majburiyligi belgilandi.

Qarorning o‘ziga xos muhim jihati tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratilishini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0