O‘zeltexsanoat “Sino” zavodining bankrotligi haqidagi xabarga izoh berdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProizvodstvo xolodilnikov
Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bankrotlik ishi qo‘zg‘atish – bu “bankrot” deb e’lon qilish degani emas, - “O‘zeltexsanoat” AJ.

TOShKENT, 17 avg - Sputnik.  “O‘zeltexsanoat” AJ rahbariyati internetda keng muhokama qilinayotgan Samarqanddagi “Sino” xolodilnik zavodining bankrot deb e’lon qilinganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Ma’lumki, Samarqand shahar iqtisodiy sudi tomonidan 2018-yil 7-avgustda “Sino” AJning arizasini qabul qilish, bankrotlik ishini qo‘zg‘atish hamda “Sino” AJda ko‘zatuv jarayonini joriy etish to‘g‘risida ajrim qabul qilingan. Biroq “bankrotlik ishi qo‘zg‘atish” – bu “bankrot” deb e’lon qilish degani emas.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga asosan Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi, deb ko‘rsatilgan: kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish.

Ushbu Qonunning 75-moddasi talablariga ko‘ra “Sino” AJda joriy etilgan kuzatuv jarayoni tugatilgandan so‘ng iqtisodiy sud qarzdorni “bankrot” deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.

Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
"Sino" xolodilnik zavodi bankrot bo‘ldi

Aytib o‘tish lozimki, mazkur qonun doirasida qarzdorni bankrot deb e’lon qilishdan oldin uning mulkiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda kelgusida barqaror ishlab ketishi uchun sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi va tashqi boshqaruv taomillari mavjud bo‘lib, ulardan qaysi birini “Sino” AJga nisbatan qo‘llash faqatgina sud va kreditorlar tomonidan hal qilinadi. Shuningdek, Qonunning 51-moddasiga ko‘ra faqtgina sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar bo‘lmagan taqdirda, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi.

Biroq, “Sino” AJda endigina kuzatuv taomili joriy etilganligini inobatga olib, hali ushbu korxona “bankrot” deb e’lon qilindi, deyishga hech qanaqa asoslar mavjud emas.

Yangiliklar lentasi
0