TOShKENT, 16 avg – Sputnik. “O‘zstandart” agentligi vazirlik va tashkilotlardan yig‘ilgan takliflar asosida ma’nan eskirgan 556 ta standartni bekor qildi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
“Ma’nan eskirgan, bozor mexanizmlarini o‘rnini egallab olgan standartlarni xatlovi o‘tkazilib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarga xatlov natijalari yuborilib, 556 ta standartlar, vazirlik va tashkilotlardan yig‘ilgan takliflar asosida bekor qilindi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Respublikasining 21498 ta standartlarining elektron versiyalari “O‘zstandart” agentligi veb-saytiga joylashtirildi. Ular quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Davlat standartlari (O‘z Dst) 1271 ta;
Davlatlararo standartlar (GOST) 20131 ta va boshqalar;
Shuningdek, O‘zbekiston Davlat standartlari (O‘z Dst) ko‘rsatkichlari (kataloglari) Davlat fondi joriy etilgan 594 ta (16,4%) xalqaro ISO standartlari bilan to‘ldirildi. Jami 3155 GOST ISOlarni tashkil etadi.
Undan tashqari ushbu yilda xo‘jalik subyektlari va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tegishli bo‘lgan standartlarni xalqaro meyorlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida 594 ta standartlar ishlab chiqilib joriy etildi.
Albatta bunday yaratilgan imkoniyatlar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning faoliyatlariga keng imkoniyatlar yaratadi, - deyilgan xabarda.