O‘zbekistonda «Samsung» muzlatgichlari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMuzlatgichlar ishlab chiqarilishi
Muzlatgichlar ishlab chiqarilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihani yurtimizda Artel savdo belgisi ostida muzlatgichlarni ishlab chiqaruvchi Polaris Technologies kompaniyasi amalga oshiradi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 4-iyul kuni O‘zbekistonda ilk marotaba "Samsung" brendi ostida eng zamonaviy muzlatgichlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik muxiriga zavoddagi manba.

Loyiha "Samsung Elektroniks" kompaniyasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha 2013-yildan buyon Artel savdo belgisi ostida mahalliy muzlatgichlarni ishlab chiqaruvchi Polaris Technologies kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

"Samsung" muzlatgichlari ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish, korxona modellari qatorini yana 4taga boyiytadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga manba.

Manbaning ta’kidiga qaraganda, loyiha qiymati 4 million dollarni tashkil qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida, Koreya, Yaponiya, Italiya va Xitoydan texnologiyalar va butlovchi qismlar xarid qilingan. Ularni yig‘ish ishlari xorijlik muhandislar nazoratida mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan. Shu bilan, korxona 290 va 320 litr hajmli Samsung muzlatgichlarini yig‘ishni o‘zlashtirgan.

Jizzaxda Roison Electronics zavodi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda, maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushdi
"Loyihaning birinchi bosqichida mahalliylashtirish darajasi 37,2 % tashkil etadi. 2018-yilga kelib, bu raqamni 45,8% yetkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida sifatni nazorat qilish jiddiy yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida har qanday nuqsonning oldini olib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Joriy yilda, 6000 dona muzlatgich ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, 2017-2018 yillarda ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. Hozirda, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda" — deya ta’kidlagan manba.

Yangiliklar lentasi
0