Qonunni buzgan sportchining murabbiyi jazolanadi

© NOKZasedanie NOK
Zasedanie NOK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sportchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘z holicha tashlab qo‘yish kerak emasligi aytib o‘tildi.

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida 13-avgustda yakkakurash sport turlari federatsiyalari rahbarlari bilan profilaktika tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Tadbirda xabar qilinishiga ko‘ra, sportchilar tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda javobgarlik sport federatsiyasi va murabbiylar zimmasiga tushadi, murabbiylar litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin. 

MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov va Toshkent shahar IIBB vakili Umid Qurbonov ustozlar nafaqat sportchining jismoniy formasi ustida, balki insoniylik, yaxshilik va professionalizm ustida ham ishlashi kerakligini tushuntirdi.

"Agar kurashchilarga to‘g‘ri tarbiya berilmasa, jamiyat uchun ular xavfli bo‘lishi mumkin. Bunga hayotda haqiqiy misollar bor", — deb ta’kidlagan MOQ vakillari.

Yig‘ilishda shuningdek, professional sportchilar ruhan chidamli, diqqatini jamlagan bo‘lishi, shuningdek, tashviqotlarga berilmasligi va hissiyotlarini nazorat qila bilishi kerakligi aytib o‘tildi.

Bundan buyon tungi klublar 23:00da yopiladi

Aslida yakkakurashchi vatan himoyachisidek sharafli kasb egasiga tenglashtiriladi. Ammo, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berilmasa jamiyat uchun bu havfli ko‘rinishga olib kelinishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu borada turli misollar keltirib o‘tildi.

Tadbir davomida shuningdek, sportchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘z holicha tashlab qo‘yish kerak emasligi, ularga murabbiylik bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratib, kelajakda yangidan-yangi chempionlarni tarbiyalash lozimligi aytildi.

Yangiliklar lentasi
0