TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Bundan buyon Toshkent tungi klublari 23:00gacha ishlaydigan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ma’lumot nashr muxbiriga «The Time», «SMI-bar», «Cinzano», «7 patnis», «One More» va boshqa klublar ma’muriyatitomonidan tasdiqlangan.
Aytish joizki, ushbu ma’lumot hozircha rasmiy davlat organlari tomonidan hech qayerda e’lon qilingani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta “Aurum 898” klubiga kirish joyida sodir bo‘lgan fojeadan so‘ng, hukumat alkogolli ichimliklar sotish va tungi klublar ish tartibini o‘zgartirishga qaror qilgan.