Emomali Rahmon tashrifining kun tartibi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Viktor TolochkoEmomali Raxmon
Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmon tashrifi davomida tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazish, "O‘zekspomarkaz"da Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurish va Oliy Majlis vakillari bilan uchrashish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan Toshkentga 17-avgust kuni tongda keladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.

“Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi”, - deyilgan xabarda.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
"Endi to‘siqlar yo‘q": O‘zbekiston — Tojikiston strategik hamkorlik yo‘lida

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida “O‘zekspomarkaz”da Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘ladi. Emomali Rahmon poytaxtimizdagi “Artel” zavodiga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Shu kuni O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan konsertda qatnashishi rejalashtirilgan.

Tojikiston Prezidenti 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Emomali Rahmon shu kuni Samarqandga tashrif buyurib, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladi.
Tashrif davomida dasturga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0