TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Mudhish qotillik yuz bergan “Aurum 898” klubining hibsga olingan qo‘riqchilaridan ikki nafari avval sudlanganganligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda haqda Repost nashri Oliy suddagi manbaaga asosan.
“Xususan, 1989-yil Toshkentda tug‘ilgan, muassasaning qo‘riqlov xizmatida ishlagan Sh. Qilichev va 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A. Hamroyev muqaddam sudlangan”, - deyilgan xabarda.
Hibsga olingan yana ikki nafar shaxs — 1994-yilda tug‘ilgan S. Kamoldinov va 1992-yilda tug‘ilgan J. Yorqulov muqaddam sudlanmagan.
Sud ma’muriy materiallarni har tomonlama va to‘liq o‘rganib, V. Smirnov va I. Fazliddinovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) muvofiq 15 sutka ma’muriy qamoq tayinladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 2018-yil 10-avgustdagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchilar Sh. Qilichov, A. Xamrayev, J. Yorqulov va S. Kamoldinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Aurum 898" tungi klubida 9-avgust kechasi kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida yuz bergan janjal oiibatida, Kenjayev vafot etgan edi.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.