Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida MMA jangchisi vafot etdi

CC0 / Pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, MMA jangchisi Jamshid Kenjayev vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Boysi, kotorie srazatsya za poyas chempiona WEF: Murod Xanturayev (Uzbekistan) i Konstantin Andreysev (Rossiya) - Sputnik O‘zbekiston
Murod Xonto‘rayev nega qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, 25 yoshli Jamshid Kenjayev pichoq bilan klubga kirishga uringan. Qo‘riqchilar bunga yo‘l qo‘ymagani uchun Jamshid ulardan biriga pichoq bilan zarba bergan. So‘ng mehmon va qo‘riqchi o‘rtasida janjal chiqqan. Natijada Jamshid ko‘plab tan jarohati olgan va shifoxonada vafot etgan.

Jamshidga tan jarohatlari yetkazishda ayblanib, muassasaning uch nafar xodimi - 24 yoshli Saidazim K., 29 yoshli Shodali K. va 26 yoshli Jahongir Ya. hibsga olingan. Klub qo‘riqchisi bo‘lib ishlovchi, hodisaning ikki nafar ishtirokchisi 41 yoshli Sherali I. va Abdurasul M. olgan jarohatlari natijasida hozirda shifoxonada qolmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Iyun oyida yana bir MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev Yunusoboddagi tungi klublardan birida pichoqlangandi. Keyinroq bu ish bo‘yicha Xonto‘rayevning o‘zi qamoqqa olingandi.

Yangiliklar lentasi
0