TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda oʻqituvchilarga avtokredit beriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagan.
Qarorda, har yili qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar qurish dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarning bir qismini xalq taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlarga 25 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti sifatida berish, "Har bir oila – tadbirkor" dasturi asosida pedagog xodimlarning oila aʼzolariga imtiyozli kreditlar berish, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun kreditlar berish belgilangan.
Prezident qaroriga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2018 yil 1 sentyabrdan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun 1,1 baravarga, yuqori sinf oʻquvchilariga uchun oʻrtacha 1,24 baravargacha, direktor, uning oʻrinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 barvarga oshirilgan.
Shuningdek, hujjatda hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini ishlab chiqish koʻzda tutilgan.