"Hammasi oq qog‘ozdan boshlanadi": XTV rahbari tizimdagi o‘zgarishlar haqida

© Sputnik / StringerPerviy zamestitel ministra po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Sherzod Shermatov
Perviy zamestitel ministra po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yigirma besh yillar oldingi davrga qaytib, 7-8 yosh bolakaylarga "Katta bo‘lsang kim bo‘lasan?", deb savol bersangiz, ular sizga hech o‘ylanmasdan "O‘qituvchi" deya javob berishi aniq edi. Bugunga kelib, bu kasb o‘z jozibardorligidan to‘liq mahrum bo‘ldi. Bugungi yoshlar endi yurist, programmist, diplomat, biznesmen bo‘lishni orzu qilishadi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun o‘qituvchi bo‘lishni istaydiganlar soni keskin kamayib ketdi va buning o‘ziga yarasha sabablari bisyor. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov zimmasiga o‘qituvchilik kasbining chorak asr oldingi obro‘sini to‘liq tiklash singari muhim va mas’uliyatli missiyani yuklagan.

Xalq ta’limi vaziri etib tayinlanganining oltinchi kunida Sherzod Shermatov ilk bor jurnalistlar bilan uchrashdi. Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Xalq ta’limi vazirligi binosida o‘tkazilgan brifingda ta’lim tizimi strukturasida, o‘qituvchilar faoliyatida yuz beradigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchi zo‘rg‘a yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi
Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan bo‘shatilgach, uning o‘rniga tayinlangan Sherzod Shermatov o‘z ishini takliflar so‘rab xalqqa murojaat qilishdan boshlagan edi. Murojaatning uchinchi kunida aholidan kelib tushgan takliflar soni 3 mingdan oshib ketgan. "Xalqning bu qadar munosabati kutilmagan, o‘ziga yarasha hayratlanarli hol bo‘ldi" — dedi o‘z nutqi davomida vazir.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shermatovga O‘zbekistondagi kontingent jihatdan eng ko‘psonli vazirlikka rahbar bo‘lishdek mas’uliyatni vazifani ishonib topshirar ekan, "Xalq ta’limi vazirligi eng muhim vazirliklardan biriga aylanish kerak" degan vazifani qo‘ygan ekan.

Ta’lim vazirligining asosiy missiyasi

Yangi Xalq ta’limi vazirining so‘zlariga ko‘ra, ishni dastavval vazirlikning asosiy maqsadini belgilab olishdan boshlagan. Va bu savolga aniq javob belgilab olish anchagina murakkab kechgan.

Endilikda xalq ta’limi vazirligining bosh vazifasi- yuqori malakali va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirishdan iborat bo‘ladi.

"Qolgan barcha qiladigan ishlarimizni mana shu asosiy maqsadga erishishga harakat qilishi kerak. Shu maqsadga xizmat qilmaydigan barcha ortiqcha narsalar, deylik, hisobotlar yo‘qotiladi", — dedi Shermatov.

Sifat, adolat, shaffoflik

Xalq ta’limi rahbari o‘z chiqishi davomida vazirlik o‘z faoliyatining 3ta asosiy tamoyilini belgilab olganligini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev - O‘zbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchi kasbi dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb"
"Birinchi tamoyil — sifat. Endilikda har bir qilinadigan ishda birinchi navbatda sifatga e’tibor qaratiladi. Bu juda dolzarb masala bo‘lib turibdi. Afsuski, ta’lim sifati masalasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p…

Ikkinchi tamoyil — adolatga keladigan bo‘lsak, bundan maqsad xalq ishonchini qozonish. Adolat bo‘lmasa, xalq ishonmaydi. Aynan adolat bo‘lgani uchun, deylik, INXAga o‘qishga kirish uchun qanday tanish-bilish topsak bo‘ladi, degan fikr hech kimning xayoliga kelmaydi", — deydi vazir.

Uchinchi tamoyil — shaffoflik haqida to‘xtalar ekan, Shermatov u bugun barcha ishda zarurligini qayd etdi.

"Har bir bajaradigan ishimizda mana shu uchta tamoyilga asoslanadigan bo‘lsak, oldimizga qo‘yadigan vazifaga erishishga imkoniyat bo‘ladi", — deya fikr bildirdi Xalq ta’limi vazirligi rahbari.

Shu bilan birga yangi rahbar jurnalistlarga hech qanday va’da berishga shoshilmadi.

"Bu haqda prezidentimiz (Shavkat Mirziyoyev) ham aytib o‘tdilar, sohada juda katta muammolar yig‘ilib qolgan. Mana yangi rahbar keldi, hamma narsani bir kunda hal qiladi, degan fikrga keladigan bo‘lsak, bu albatta noto‘g‘ri fikr bo‘ladi", — dedi u va hammasi bosqichma-bosqich hal etilishini, ayni kunda xalqdan kelib tushayotgan takliflarni tahlil qilish bilan bandligini qo‘shimcha qildi.

Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘qituvchilarining oyliklari oshiriladi va ularga imtiyozli ipoteka krediti beriladi

Bugun "botanik"lar silikon vodiysini qurmoqda

Sherzod Shermatov maktabagi o‘quv jarayonlari, o‘qigan va o‘qimaganlar o‘rtasida avval qanday farq bo‘lganligi haqida to‘xtaladi.

"Ilgarilari, o‘qimaydigan bolalar to‘polonchiroq, obro‘liroq bo‘lishga harakat qilardi va o‘qiydigan bolalar ustidan "botanik" yoki "patriot" deb kulishardi. Lekin hozir zamon o‘zgarib bormoqda. Aynan "botanik"lar o‘sha silikon vodiysining eng katta milliarderlariga aylanishga ulgurishdi. Biz ham jamiyatimizda o‘qimishli odamlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, bizda ham mana shunday yirik mutaxassislar paydo bo‘ladi. O‘qigan odamdan o‘qimagan odam obro‘liroq bo‘ladigan bo‘lsa jamiyatda O‘zbekistonda hech qachon rivojlanish bo‘lmaydi", — deya o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi vazir.

Vazirlik hayotini oq qog‘ozdan boshlaydi

Xalq ta’limi vaziri o‘z nutqi davomida prezidentdan vazirlikdagi barcha boshqarma rahbarlarigacha olib tashlab, ishni "oq qog‘ozdan boshlash" bo‘yicha ko‘rsatma bo‘lganini aytib o‘tdi va hozirgi kunda boshqarma, bo‘lim rahbarlarini ishdan olish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilganini ma’lum qildi.

"O‘ylaymiz-ki, bu oson narsamas, bu narsani amalga oshirish o‘ziga yarasha qiyinchiliklarga olib keladi. Lekin shu ishni qilmasak, kelajagimizda katta, ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi qiyin bo‘ladi", — deb ta’kidladi vazir.

Shermatov bo‘lim va boshqarma boshliqlari qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi va shu asnoda ularning bir qismi o‘z joyini saqlab qolib, vazirlikning yangi strukturasida ishini davom ettirishi mumkinligini inkor etmadi.

Yangiliklar lentasi
0